O‘zbekiston fuqaroligini olish narxi belgilanmoqda

Jamiyat

image
Mana senga islohot! Qozog‘istonda qozoq tili va tarixini bilmaganlarga fuqarolik berilmasligi mumkin north_east

Mana senga islohot! Qozog‘istonda qozoq tili va tarixini bilmaganlarga fuqarolik berilmasligi mumkin

O‘zbekistonga 1 mln dollar sarmoya kiritganlarga mamlakat fuqaroligini berish tartibini joriy etish rejalashtirilyapti. Bu haqda Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida joylashtirilgan “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga qo‘shimcha kiritish haqida”gi qonun loyihasida so‘z boradi.

Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 13 martda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-610-sonli Qonuniga quyidagi qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritiladi:

1) 20-modda quyidagi tahrirda uchinchi qism bilan to‘ldiriladi:

“O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishning soddalashtirilgan tartibi chet davlat fuqarosi bo‘lgan yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs tomonidan O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalariga kamida 1 mln. AQSH dollari ekvivalentida sarmoya kiritgan jismoniy shaxsga yoxud taniqli olim, sportchi, madaniyat va san’at arbobiga nisbatan tadbiq etiladi”.

uchinchi – yettinchi qismlar tegishincha to‘rtinchi – sakkizinchi qismlar deb hisoblanadi.

2) 38-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda xatboshi bilan to‘ldiriladi:

““Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi” DUK yoki Davlat xizmatlari markazi tomonidan berilgan chet davlat fuqarosi bo‘lgan yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs tomonidan O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalariga kamida 1 mln. AQSH dollari ekvivalentida sarmoya kiritganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma”.

Qonun loyihasi sharhida qayd etilishicha, katta xajmda to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya kiritgan xorijiy sarmoyadorlarga O‘zbekiston fuqaroligini soddalashtirilgan tartibda berish orqali davlatning investitsiyaviy jozibadorligi oshadi. Ushbu Konun loyihasi qabul qilinishi natijasida xorijiy sarmoyadorlar oqimi oshadi. Bundan tashqari, xalqaro ishbilarmonlar hamjamiyatining O‘zbekiston Respublikasinig investitsiya muhitida bulayotgan ijobiy o‘zgarishlarga e’tiborini jalb qiladi va xalqaro maydonda mamlakat nufuzini oshiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

437

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing