Mana senga islohot! Qozog‘istonda qozoq tili va tarixini bilmaganlarga fuqarolik berilmasligi mumkin

Olam

image

Qozog‘iston hukumati fuqarolikni olish uchun talablarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda respublika Bosh vaziri Alixon Smoilov Rossiya fuqarolarining mamlakatga ko‘p miqdorda kirib kelishi bilan bog‘liq vaziyatdan xavotirlangan deputatlarning so‘roviga javoban ma’lum qildi.

“Hozirda “Qozog‘iston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida”gi qonunga fuqarolikka qabul qilishni rad etish va qayta tiklash uchun qo‘shimcha asos sifatida davlat tili, tarix va milliy qonunchilik asoslarini bilmaslikni nazarda tutuvchi, shuningdek, ikki fuqarolik faktlarining oldini olishga qaratilgan o‘zgartirishlar ishlab chiqildi”, deydi Bosh vazir.

Deputatlar so‘rovida migrantlarning ikki fuqaroligini tekshirish va bu borada qonuniy choralar ko‘rish yuzasidan savollar ko‘tarilgan edi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston hukumati Rossiyadan kirib kelayotgan katta oqimdagi migrantlar masalasida o‘zining rejalarini hali ochiqlaganicha yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

128

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing