O‘zbekiston fuqarolari Sudandan evakuatsiya qilindi 

Jamiyat

image

Sudanda qurolli to‘qnashuvlar davom etayotgani sababli mamlakatdan ko‘plab chet el fuqarolari, xususan, o‘zbekistonliklar ham evakuatsiya qilindi. Saudiya Arabistoni ko‘plab odamlarni olib chiqishga ko‘mak berdi. Bu haqda “Al Arabiya” xabar berdi.

Aytilishicha, turli davlatlarning 200 dan ortiq fuqarosi 26 aprel kuni Sudandan evakuatsiya qilinib, Saudiya Arabistonining Jidda shahriga yetkazilgan. Saudiya Arabistoni yordami bilan Sudandan evakuatsiya qilinganlar orasida Rossiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, AQSH, O‘zbekiston, Yaman, Singapur, Kamboja, Malayziya va Pokiston fuqarolari borligi aytilmoqda. Biroq evakuatsiya qilingan O‘zbekiston fuqarolari soni ochiqlanmagan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, evakuatsiya qilinganlar HMS Abha kemasida Jiddaga yetkazilgan. Qirollik esa ularni o‘z mamlakatlariga jo‘nab ketishga tayyorgarlik ko‘rish uchun barcha ehtiyojlarini ta’minlashini ma’lum qilgan. 

Qayd qilinishicha, evakuatsiya boshlanganidan beri Sudandan taxminan 2351 kishi, shu jumladan Saudiya Arabistonining 119 nafar fuqarosi va 67 davlatning 2232 nafar fuqarosi olib chiqilgan. 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, Sudanda 15 aprelda boshlangan mojaroda kamida 459 kishi halok bo‘lgan, 4 mingdan ortiq odam jarohatlangan. 

Mamlakatda armiya qo‘mondoni Abdulfattoh al-Burxonga sodiq qo‘shinlar va uning sobiq o‘rinbosari, tezkor qo‘llab-quvvatlash kuchlariga (RSF) qo‘mondonlik qilgan raqibi Muhammad Hamdan Daglo o‘rtasida janglar davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Sudan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made