O‘zbekiston Fransiyadan qiruvchi samolyot sotib olishi mumkin

Jamiyat

image
Talash bo‘layotgan uran. “Rosatom” Qozog‘istonda uran qazib olishga pul tikmoqchi north_east

Talash bo‘layotgan uran. “Rosatom” Qozog‘istonda uran qazib olishga pul tikmoqchi

Fransiya Qozog‘iston va O‘zbekistonga o‘zining "Rafale" qiruvchi samolyotlarini taklif qilmoqda. Bu haqda “La Tribune” gazetasi manbalarga tayanib xabar berdi

Nashrning yozishicha, Fransiyaning Dassault Aviation kompaniyasi bu yo‘nalishda bir necha oydan beri ish olib borgan, Qozog‘iston va O‘zbekiston esa "Rafale" qiruvchilariga qiziqish bildirgan. 

Qayd etilishicha, O‘zbekiston 24 tagacha qiruvchi samolyot sotib olishi mumkin. Shu bilan birga, Toshkent boshqa mamlakatlarda ishlab chiqarilgan samolyotlarni ham ko‘rib chiqish ehtimoli bor.  

Xabarda yozilishicha, Qozog‘iston ham o‘zining jangovar samolyotlar parkini yangilamoqchi, biroq bu mamlakatga "Rafale" qiruvchi samolyotlarini yetkazib berish istiqbollari uzoqroq ko‘rinadi. 

Joriy yilning iyul oyi o‘rtalarida Hindiston Mudofaa vazirligining Mudofaa bo‘yicha xaridlar kengashi Hindiston harbiy-dengiz kuchlariga 26 ta "Rafale M" tashuvchi-qiruvchi samolyotlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar imzolanishini ma’qulladi. Bundan tashqari, gazetaning xabar berishicha, Fransiya Saudiya Arabistoni bilan 54 ta Rafale qiruvchi samolyotiga shartnomalar ustida muzokaralar olib bormoqda.

Ma’lumot uchun, "Rafale" – Fransiyaning Dassault Aviation kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan to‘rtinchi avlod ko‘p maqsadli fransuz qiruvchi samolyoti. Birinchi parvozni 1986 yil iyul oyida amalga oshirgan. 2004 va 2006 yillarda Fransiya dengiz floti va havo kuchlari tomonidan qabul qilingan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1-2 noyabr kunlari Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Qozog‘iston va O‘zbekistonga tashrif buyurib, Prezidentlar Qosim-Jomart To‘qayev va Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar o‘tkazdi. Biroq, rasmiy uchrashuvlar haqida tarqatilgan xabarlarda Prezidentlar harbiy sohadagi hamkorlik va mudofaa masalalarini muhokama qilgani haqida ma’lumot berilmagan. 


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing