O‘zbekiston FIFA reytingida 2 pog‘ona yuqoriladi (jadval)
Sport
−
26 oktabr 2023 8742 1 daqiqa
Xalqaro futbol assotsiatsiyasining (FIFA) yangilangan reytingi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 73-o‘rindan joy oldi.

“Oq bo‘rilar"ning Osiyo qit’asidagi o‘rni esa o‘zgarishsiz 10-pog‘onada qolgan. Qit’a miqyosidagi top-10 likda Yaponiya eng yaxshi o‘rinni egallagan. Kunchiqar yurt vakillari FIFA reytingida 18-o‘ringa loyiq ko‘rilgan. O‘zbekistonga qo‘shni Qirg‘iziston 97-, Qozog‘iston 98-, Tojikiston 109-, Turkmaniston esa 141-o‘rinlarni band etgan.

Argentina hamon reyting peshqadami sifatida qayd etilgan bo‘lsa, Fransiya ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Kuchli uchlikka esa Braziliya yakun yasagan.

Live
BarchasiIsroil droni G‘azoda avtomobilga zarba berdi
13 sentabr