O‘zbekiston FIFA reytingida 10 pog‘ona pastladi
Sport
−
29 iyun 1560 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionatidagi natijalaridan so‘ng FIFA’ning yangilangan jahon reytingida 23,11 ochko yo‘qotdi va bir yo‘la 10 pog‘onaga pastladi. Bu haqda FIFA’ning onlayn reytingida ko‘rish mumkin.
Jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsiz ishtirokdan so‘ng O‘zbekistonning reytingi sezilarli ravishda pasaydi. Terma jamoa guruh bosqichida uchala uchrashuvda ham mag‘lubiyatga uchrab, birorta ham ochko to‘play olmadi. Bu esa FIFA reytingida ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi.
Yangilangan reytingga ko‘ra, O‘zbekiston 23,11 reyting ochkosidan mahrum bo‘lib, 1409,73 ochko bilan avvalgi o‘rniga nisbatan 10 pog‘ona pastladi va 60-pog‘onadan joy oldi. Natijada O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo jamoalari ichida 7-o‘ringa tushib qoldi. Saudiya Arabistoni va Qatar terma jamoalari reytingda O‘zbekistondan o‘zib ketdi.
Hozirda FIFA reytingida Argentina terma jamoasi yetakchilik qilmoqda, Fransiya terma jamoasi ikkinchi, Ispaniya esa uchinchi o‘rinni egallab turibdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati “K” guruhida Kolumbiyaga 1:3, Portugaliyaga 0:5 va Kongo Demokratik Respublikasiga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘lib, musobaqani guruh bosqichidayoq yakunlagan edi.
Ma’lumot uchun, FIFA reytingi rasman joriy yilning 20 iyul kuni Jahon chempionati yakunlagandan keyin yangilanadi.
Live
Barchasi