O‘zbekiston fevralda 12 tonna oltin sotib, dunyoda yetakchi bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Markaziy banki fevral oyida 12 tonna oltin sotdi va dunyoda yetakchi bo‘ldi. Bu haqda Jahon oltin kengashi xabar berdi.

“Fevral oyidagi sof sotuvchilar – Qozog‘iston Milliy banki (-8 tonna) va O‘zbekiston Markaziy banki (-12 tonna) bo‘ldi. Har ikkala markaziy bank yil boshidan buyon eng katta sof sotuvchi sifatida yetakchilik qilmoqda”, deyiladi kengash sharhida.

Qayd etilishicha, markaziy banklar tomonidan oltinga bo‘lgan talab davom etmoqda. Fevral oyi ma’lumotlariga ko‘ra, global markaziy banklar oltin zaxiralari 24 tonnaga oshgan. Hozirgacha Polsha, Xitoy, Turkiya va Chexiya rivojlanayotgan bozorlar markaziy banklari orasida oltin xaridida yetakchilik qilmoqda.

Ma’lumot uchun, 1 aprel holatida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 47,8 milliard dollarni tashkil qilgan.

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida O‘zbekiston 8 tonna sof oltin xarid qilib, dunyoda eng yuqori ko‘rsatkich qayd etgandi. Natijada mamlakatning oltin zaxiralari 391 tonnaga yetib, jami zaxiralarning 82 foizini tashkil qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

oltin O'zbekiston oltin-valyuta zaxiralari sof oltin oltin zaxirasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing