O‘zbekiston Eronga yordam jo‘natdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston hukumati Eron xalqiga insonparvarlik yordami yubordi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan, un, guruch, shakar, makaron mahsulotlari, kungaboqar yog‘i, konservalar, shuningdek, dori-darmon va tibbiy buyumlardan iborat gumanitar yuk Eron tomoniga yetkazilgan.

Insonparvarlik yukini qabul qilish marosimida Daregaz shahri meri Mujtabo Bazmara, Eron Tashqi ishlar vazirligining Xuroson-Razaviy viloyatidagi vakolatxonasi rahbari, vazir maslahatchisi Ali Masumifar, shuningdek, Eronning Turkmanistondagi elchisi Ali Mujtabo Ruzbehani ishtirok etgan. 

Tadbirda mutasaddilar O‘zbekiston Prezidentiga insonparvarlik yordami va Eron xalqiga ko‘rsatilayotgan e’tibor uchun samimiy minnatdorlik bildirgan.

Ushbu tashabbus ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik, hamjihatlik va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash an’analarining yorqin ifodasi ekani ta’kidlangan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Eron yordam insonparvarlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing