O‘zbekiston eng ko‘p oltin sotib olgan yetakchi davlatlar qatoriga kirdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Markaziy banki o‘tgan yilning dekabr oyida Xalqaro valyuta jamg‘armasidan oltinni eng ko‘p sotib olgan xaridorlardan biri bo‘ldi. Ushbu ma’lumotlar jamg‘arma tomonidan ma’lum qilingan. 

Qayd etilishicha, o‘tgan yilning dekabr oyida jahon rasmiy oltin zaxiralari 14,2 tonnaga oshgan. Bunda Turkiya va O‘zbekiston oy davomida yalpi xaridlarni ko‘targan. 

Qayd etilishicha, Turkiya dekabr oyida 10,1 tonna oltin sotib olib, oltin zaxirasini 394,2 tonnaga yetkazgan. O‘zbekiston esa noyabr oyida 21,5 tonna sotganidan keyin dekabr oyi ichida oltin zaxirasiga 8,4 tonna qo‘shgan.

Shuningdek, Hindiston ham faol oltin sotib olgan davlatlar ro‘yxatiga kirgan. U  3,7 tonna oltin sotib olgan va  oltin zaxirasini 754,1 tonnaga yetkazgan. Keyingi o‘rinlarda esa, Qirg‘iziston (1,1 tonna), Chexiya (0,4 tonna) va Ukraina (0,3 tonna) ham oy davomida sezilarli xaridorlar bo‘lgan. 

Qozog‘iston Milliy banki oltinni dekabr oyida eng faol sotgan (4,8 tonna) davlat bo‘lgan. Ikkinchi o‘rinda Shri-Lanka bo‘lib, u bir oy ichida 3,6 tonna yoki oltin zaxiralarining yarmini sotgan. Uchinchi o‘rinni 1,6 tonna bilan Polsha egallagan.

Avvalroq, O‘zbekiston oltin-valyuta zaxirasi 1 yanvar holatiga 35 mlrd 139 mln dollarni tashkil etib, o‘tgan bir oyda mamlakatning xalqaro zaxiralari 389,8 million dollarga o‘sgani haqida xabar bergandik.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

641

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing