O‘zbekiston eng ko‘p oltin xarid qilgan davlatlar qatorida ikkinchi o‘rinni egalladi

Olam

image

O‘zbekiston Markaziy banki joriy yilning iyun oyida 9 tonna, iyulda esa 9,6 tonna oltin sotib olib, oltin zaxiralarini 375 tonnaga yetkazdi. Bu haqda “World Gold Council” hisobotida keltirilgan. 

Unga ko‘ra, iyul oyida O‘zbekiston eng ko‘p oltin sotib olgan davlatlar qatorida ikkinchi o‘rinni egallagan. Narxlar oshganiga qaramay, iyul oyida Markaziy banklarning oltinga talabi mustahkamlangan.

Markaziy banklar tomonidan sof xaridlar ikki baravar ko‘payib, 37 million dollarga yetdi. Polsha Milliy banki yetakchi xaridor bo‘lgan bo‘lsa, undan keyingi o‘rinlarni O‘zbekiston Markaziy banki va Hindiston Zaxira banki egalladi. Prognozlarga ko‘ra, Markaziy banklarning oltinga bo‘lgan talabi kelgusi oylarda ham davom etadi.

Tahlillarga ko‘ra, Qozog‘istondan tashqari, iyul oyida yettita Markaziy bank o‘z zaxiralariga bir tonna yoki undan ko‘proq oltin qo‘shgan. Qozog‘iston Markaziy banki iyul oyida yagona sotuvchi bo‘lgan. Uning oltin zaxirasi 4 tonnaga kamaydi, bu esa uning oltin zaxiralarini 295 tonnagacha yoki umumiy zaxirasini 55 foizgacha qisqartirdi.

Yetakchilikni band qilgan Polsha Milliy banki eng yirik xaridor bo‘lib, o‘z zaxiralariga sof 14 tonna oltin qo‘shdi. Bu xarid uning oltin zaxiralarini 392 tonnagacha yoki umumiy zaxiralarning 15 foizi miqdorigacha ko‘tardi. O‘zbekiston esa 9,6 tonna oltin sotib oldi va o‘z oltin zaxiralarini 375 tonnagacha yetkazdi. Hindiston zaxira bankining oltin zaxiralari iyul oyida 5 tonnaga ko‘tarildi, ya’ni bank bu yil shu paytgacha har oy oltin sotib oldi. Yanvar-iyul oylarida Hindistonning sof oltin xaridlari jami 43 tonnani tashkil etib, zaxiralari 846 tonnagacha ko‘tarildi.

“Oltin narxining ko‘tarilishi bu yil Markaziy banklarning oltin talabiga qandaydir ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lsa-da, sof oltin sotib olishning uzoq davom etgan tendensiyasi saqlanib qolmoqda”, deya yozgan portal.

Jahon oltin kengashi o‘tkazgan so‘nggi so‘rov natijalariga ko‘ra, oltin narxi oshgan bo‘lsa-da, uni sotib olishga talab kamaymasligi mumkin. Buning asosiy sabablari oltinning qiymat ombori sifatidagi roli va inqiroz davridagi ahamiyati bilan bog‘liq.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari qariyb 294 million dollarga kamaygani xabar qilingandi. 


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston oltin xarid qilish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing