O‘zbekiston eng ko‘p kimdan qarzdor?

Jamiyat

image

Joriy yilning 1 iyul holatiga ko‘ra O‘zbekistonning eng ko‘p davlat qarzdorlik hissasi Osiyo taraqqiyot bankiga to‘g‘ri kelmoqda. OTBdan olingan umumiy qarz miqdori 5,0 mlrd dollarni tashkil qilyapti. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining davlat qarzi departamenti direktori Jasur Qarshiboyev QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.

Davlat tashqi qarzining kreditorlar kesimida taqsimlanishi quyidagicha:

●    Osiyo taraqqiyot bankidan 5 mlrd dollar
●    Jahon bankidan 3,8 mlrd dollar
●    Xitoy eksimbankidan 2,0 mlrd dollar
●    Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligidan 2,2 mlrd dollar
●    Xitoy davlat taraqqiyot banki va boshqalardan 2,2 mlrd dollar
●    Xalqaro investorlardan 1,7 mlrd dollar
●    Islom taraqqiyot bankidan 0,9 mlrd dollar
●    Yaponiya xalqaro hamkorlik bankidan 0,6 mlrd dollar
●    Iqtisodiy taraqqiyot va hamkorlik jamg‘armasidan 1,0 mlrd dollar
●    boshqa xalqaro moliyaviy tashkilotlardan esa 2,4 mlrd dollar

Davlat tashqi qarzi valyuta tarkibi:

•    AQSH dollari – 70,3 foiz;
•    Yaponiya iyenasi – 11,7 foiz;
•    SDR – 9,2 foiz;
•    Yevro – 4,7 foiz;
•    Xitoy yuani – 1,2 foiz;
•    O‘zbekiston so‘mi – 0,9 foiz;
•    Koreya voni – 0,9 foiz;
•    Saudiya Arabistoni riali – 0,6 foiz;
•    Kuvayt dinori –0,4 foiz;
•    BAA dirhami – 0,02 foiz

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Moliya vazirligi taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, O‘zbekistonning davlat tashqi qarzi 21,8 mlrd dollarga yetgani, lekin bu raqamlar Markaziy Bank taqdim etgan ma’lumotlardan farq qilishi haqida xabar bergandik. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2660

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing