O‘zbekiston elchisi Vengriya Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

Jamiyat

image

Joriy yilning 17 avgust kuni O‘zbekistonning Vengriyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Abat Fayzullayev (qarorgohi Vena shahrida joylashgan) Vengriya Prezidenti Katalina Novakga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi. 

Budapesht shahridagi “Sandor Palota” saroyida bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda faxriy qorovul saf tortdi va Prezident qarorgohining Mehmonlar kitobiga yozuv kiritilgan.

Qisqa suhbat chog‘ida Katalina Novak O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan jadal o‘zgarishlar va keng ko‘lamli islohotlardan xabardorligini ta’kidlagan. U, shuningdek o‘tgan yili strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgan O‘zbekiston-Vengriya munosabatlarining bugungi ijobiy sur’atini yuqori baholagan.

Novak Vengriya tomonining O‘zbekiston bilan o‘zaro manfaatli barcha sohalarda do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga intilishini ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

51

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing