O‘zbekiston elchisi Litva Prezidentiga ishonch yorlig‘ini topshirdi

Jamiyat

image

Kecha, 17 avgust kuni O‘zbekistonning Litvadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Qadamboy Sultonov Litva Prezidenti Gitanas Nausedaga ishonch yorlig‘ini topshirdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi

Qayd etilishicha, suhbat chog‘ida Litva Prezidenti Toshkent va Vilnyus o‘rtasidagi siyosiy muloqotni va ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlanish sur’atlarini ijobiy baholagan. 

Bundan tashqari, muloqot davomida Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar orasida Litva 2020 yil yakuniga ko‘ra O‘zbekistonning Germaniyadan keyingi ikkinchi yirik savdo sherigiga aylangani alohida ta’kidlangan.

O‘zbekiston elchisi Gitanas Nausedaga so‘nggi yillarda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekistonda erishilgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar natijalari, O‘zbekiston-Litva hamkorligining istiqbolli yo‘nalishlari va mintaqaviy rivojlanish masalalari haqida batafsil ma’lumot bergan.

Litva Prezidenti O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar Vilnyusda yuqori baholanishi, islohotlar natijalari esa Yevropa Ittifoqining barcha davlatlari tomonidan olqishlanishini ma’lum qilgan.

Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimning imzolanishi O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi keng qamrovli sheriklikni sezilarli darajada faollashtirishi qayd etilgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

18

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing