O‘zbekiston ekologiyasi eng yomon 6 davlat qatoriga kirdi

Bu qiziq

image

Legatum Institute tomonidan har yili tuziladigan Legatum Farovonlik Indeksi reytingida O‘zbekiston 100-o‘rinni egalladi.

Mazkur indeksda mamlakatlar iqtisodiy darajasi, biznes muhiti, davlat boshqaruvi samaradorligi, ta’lim, sog‘liqni saqlash, xavfsizlik va shaxsiy erkinlik, shuningdek, ijtimoiy kapital hamda ekologik muhitni rivojlantirish kabi 12 ta mezon bo‘yicha taqqoslanadi.

Bu yilgi reytingda O‘zbekiston ijtimoiy kapital (46-o‘rin), sog‘liqni saqlash (49-o‘rin) va xavfsizlik (52-o‘rin) yo‘nalishlarida nisbatan yaxshi natijani ko‘rsatgan. Shaxsiy erkinlik (147-o‘rin) va davlat boshqaruvi samaradorligi (123-o‘rin) yo‘nalishlarida esa o‘rinlar past bo‘lgan. 

Eng yomon natija esa  ekologiya bilan bog‘liq muammolar yo‘nalishida qayd etilgan. O‘zbekiston ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha 162-o‘rinni egallagan. Undan pastgi o‘rinlarda Sudan, Mavritaniya, Lesoto, Pokiston va Iroq joylashgan, xolos.

Ma’lumot uchun, mazkur reytingga O‘zbekiston birinchi marotaba 2010 yilda kiritilgan va 109-o‘rinni egallagan. 2019 yilda esa 102-o‘ringa, 2020 yilda 97-o‘ringa ko‘tarilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing