O‘zbekiston dunyoda oltin zaxiralari bo‘yicha yigirmatalikka kirdi
Jamiyat
−
15 iyul 2021
5628O‘zbekiston Markaziy banki oltin zaxiralari bo‘yicha dunyoda 17-o‘rinni egalladi. Bu haqda World Gold Council (WGC) ma’lumotlari darak beradi.
Olti oylik tanaffusdan so‘ng, jahon markaziy banklari oltinga investitsiyalarni faol ravishda oshirishni boshlagan — birinchi chorakda 95,5 tonna oltin sotib olingan, bu o‘tgan yilning butun ikkinchi yarmiga nisbatan 25 foizga ko‘pdir.
Ta’kidlanishicha, AQSH zaxiralari bo‘yicha birinchi o‘rinni egallagan — 8,1 ming tonna, bu mamlakat oltin-valyuta zaxirasining 79,2 foizini tashkil etadi. Ikkinchi o‘rindan Germaniya (3,3 ming tonna, 76,2 foiz), uchinchi o‘rindan Italiya (2,4 ming tonna, 70,8) joy olgan. O‘zbekiston reytingdan 17-o‘rinni egallagan (352,7 tonna, 60,5 foiz).
Shuningdek, O‘zbekiston Markaziy banki eng ko‘p oltin sotib olgan Markaziy banklar beshligiga ham kiritilgan — joriy yilning birinchi choragida taxminan 32 tonna oltin sotib olingan.
LiveBarchasi