O‘zbekiston diplomatiyasi og‘ir judolikka uchradi

Jamiyat

image

O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vazirining Yaponiya bilan hamkorlik qilish bo‘yicha maslahatchisi Mirsobit Ochilov vafot etdi. Bu haqda vazirlik xabarida ma’lum qilindi.

Ilgari O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi rahbari, "Chiqayotgan Quyosh, Oltin va Kumush Yulduz" imperator ordeni sohibi Mirsobit Fozilovich 2020 yil 2 iyulda vafot etdi.

U 1999 yilda parlament saylovlarida tanlangan, O‘zbekiston Respublikasi II chaqiriq Oliy Majlisining deputati, professor, iqtisod fanlari doktori, Bank-moliya akademiyasining birinchi rektori, 1-darajali Favqulodda va Muxtor elchisi, 2001 - 2009 yillarda O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchisi, Mirsobit Fozilovich barcha jabhalarda o‘rnak bo‘lganlar. Ular iqtidorli rahbar, yuqori darajadagi diplomat, iqtisodiyot sohasining yetuk olimi bo‘lgan.

QALAMPIR.UZ tahririyati marhumning yaqinlariga hamdardlik bildiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Mirsobit Ochilov

Baholaganlar

549

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar