O‘zbekiston demokratiya indeksida 2 pog‘onaga ko‘tarildi, ammo...

Jamiyat

image

Buyuk Britaniyada joylashgan “The Economist Intelligence Unit” kompaniyasi tomonidan yuritiluvchi Jahon mamlakatlari demokratiyasi indeksining 2020 yil yakunlari bo‘yicha hisoboti e’lon qilindi.

Unda O‘zbekiston 2,12 ball bilan 155-o‘rinni egallab, 2 pog‘ona yuqorilagan va ushbu natija indeksning “Siyosiy ishtirok” indikatori bo‘yicha mamlakatga berilgan ballar sezilarli yaxshilanganligi evaziga erishilgan. Ammo mamlakat hamon avtoritar rejimdagi davlatlardan biri bo‘lib qolyapti.

Bu yilgi indeksni tuzishda pandemiya keltirib chiqargan muammolar ham inobatga olingan. Xususan, fuqarolar irodasiga qarshi ayrim davlatlarda lokdaun e’lon qilinishi va karantin choralarini qat’iylashtirish masalalarini tanqid qilgan shaxslarning bosimga uchragani reytingga ta’sir o‘tkazgan.

Reytingda 165 ta davlat va 2 ta ma’muriy birlik haqida so‘z yuritilgan. 2020 yilda reytingga kiritilgan 167 ta davlatlan 116 tasida reytingdagi o‘rnini yo‘qotgan faqatgina 38 ta davlatda demokratik ahvol yaxshilangan.

Ahamiyatli jihati Fransiya va Portugaliya mutlaq demokratik davlatlar qatoridan chiqarilib, “nomukammal demokratik” davlat qatoriga qo‘shilgan.

Umuman olganda reytingda Norvegiya (1-o‘rin), Islandiya (2), Shvetsiya (3), Yangi Zelandiya (4) va Kanada (5) yetakchilik qilyapti. Demokratik vaziyat eng og‘ir davlatlar beshtaligiga Chad (163), Suriya (164), Markaziy Afrika Respublikasi (165), Kongo Demokratik Respublikasi (166) hamda Shimoliy Koreya (167) kirgan.

Osiyo davlatlaridan Yaponiya, Koreya va Tayvan mutlaq demokratik davlat deb tan olingan. Markaziy Osiyo davlatlaridan Qirg‘iziston aralash rejimli davlat deb topilgan. Qozog‘iston, Turkmaniston va Tojikiston ham avtoritar rejimdagi davlatlar qatorida qolgan. Afg‘oniston reytingda 139-o‘rinni egallagan.


Maqola muallifi

Teglar

demokratiya indeksi

Baholaganlar

207

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing