O‘zbekiston delegatsiyasi yana 4 ta Olimpiada litsenziyasiga ega bo‘ldi

Sport

image

Tokio shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha qit’aviy litsenzion turnirning so‘nggi kuni boshlandi. O‘zbekiston vakili Nilufar Zokirova 200 metr masofaga kechgan poygada oltin medal qo‘lga kiritish barobarida Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisiga aylandi. Bu Zokirovaning faoliyatidagi ikkinchi Olimpiada bo‘ladi.

Osiyo litsenzion turnirining so‘nggi kunida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Shaxriyor Mahkamov baydarkada 1000 metr masofaga kechgan poygada oltin medalni qo‘lga kiritdi va ushbu natija bilan Mahkamov Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasiga ham sazovor bo‘ldi.

Janubiy Koreyaning Chxundju shahrida o‘tayotgan akademik eshkak eshish bo‘yicha Osiyo litsenzion turnirida Olimpiada yo‘llanmalari o‘z egalarini topmoqda. Ayollar o‘rtasida kechgan yakkalik dasturda Anna Prakaten O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari uchun 33-yo‘llanmani taqdim qildi. 

Akademik eshkak eshuvchilar Shahzod Nurmatov va Sobir Safaraliyev ham litsenzion turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etib, juftlik dasturida Parij-2024 yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Hozirga kelib O‘zbekiston delegatsiyasining Olimpiada yo‘llanmalari soni 34 taga yetdi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Olimpiada

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing