O‘zbekiston delegatsiyasi “Katta Dubulg‘a” turnirini g‘alaba bilan boshladi
Sport
−
17 fevral 2022
2999Biroz avval Isroilning Tel-Aviv shahrida dzyudo bo‘yicha "Katta Dubulg‘a" turkumiga kiruvchi, umumiy mukofot jamg‘armasi 154 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi turnir start oldi.
E’tiborlisi, Bobur Vajiyev "Shlomo Arena"da o‘tayotgan musobaqadagi o‘zbekistonlik dzyudochilarning ishtirokini g‘alaba bilan boshlab berdi. -66 kg vazn toifasida gilamga chiqqan Vajiyev ilk davrada mezbon davlat vakili Yarin Menagedni vazari bahosi bilan mag‘lubiyatga uchratdi. Ikkinchi bosqichda esa Bobur Vajiyevga mo‘g‘ulistonlik tajribali dzyudochi Herlen Gandbold raqiblik qiladi.
Ma’lumot uchun, ushbu musobaqada 34 davlatdan jami 298 (165 erkak, 133 ayol) nafar dzyudochi medallar hamda reyting ochkolari uchun kurash olib boradi. Bugun ayollar -48, -52, -57 kg, erkaklar esa -60 va -66 kg vazn toifalarida medallar yo‘lida tatamiga chiqishadi.
Shuningdek, bugun O‘zbekiston delegatsiyasidan -52 kg vaznda Diyora Keldiyorova qozog‘istonlik Saltanat Sultonbekovaga qarshi bahs olib borsa, -60 kg vazn toifasida esa Mirzohid Muhammadjonov gruziyalik Irakli Kupatadze bilan bellashadi.
Shaxboz Qahhorov
LiveBarchasi