O‘zbekiston Dehli aeroportida ushlangan fuqarolari bo‘yicha surishtiruv olib boryapti

3-sahifa

image

Avvalroq, Dehli aeroportida ikki o‘zbekistonlik 5 kg oltin bilan ushlangani haqida xabar bergandik.

"Dunyo" axborot agentligining xabar berishicha, ayni paytda ularga nisbatan surishtiruv ishlari o‘tkazilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, mamlakatning Dehlidagi elchixonasi tomonidan fuqarolar bilan bog‘liq surishtiruv jarayoni nazoratga olingan va Hindistonning mas’ul huquq-tartibot idoralari bilan ishchi aloqalar o‘rnatilgan. Shuningdek, vaqtincha hibsga olingan vatandoshlar bilan uchrashuv o‘tkazish choralari ko‘rilmoqda.

Diplomatik missiya vatandoshlardan xorijga, jumladan, Hindistonga safar qilish chog‘ida chet davlatlar qonunchiligi talablariga qat’iy rioya qilishga, turli shubhali guruhlar yoki shaxslarning yolg‘on va’dalariga aldanib qolmaslikka, samolyotga chiqish oldidan begona kishilardan yuk yoki buyumlar olmaslikka chaqirgan.

Hindistonda turli kutilmagan noxush hollarga tushib qolgan fuqarolar tezkor va samarali konsullik-huquqiy yordam olish uchun elchixona konsullik bo‘limiga quyidagi aloqa vositalari orqali murojaat qilishi mumkin: 

Telefon: +91 11 2467 0774/75, elektron manzil: in.uzembassy@mfa.uz va info.uzbekembassy@gmail.com, Telegram-bot: @consuluzbindia_bot.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing