O‘zbekiston Davlat musiqali komediya teatri asoschisi vafot etdi
Madaniyat-san’at
−
18 fevral
8909Teatr rejissyori, O‘zbekiston Davlat musiqali komediya teatri (operetta) asoschilaridan biri, Rossiya Federatsiyasining san’at arbobi Grigoriy Spektor 99 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Grigoriy Spektor ijodiy faoliyati davomida 110 dan ortiq dramatik va opera spektakllarini sahnalashtirgan.
“Shuningdek, u o‘z ijodi bilan O‘zbekiston Davlat musiqali komediya teatri (operetta)ning tarixida yorqin sahifalar qo‘shganligi hamda fidokorona xizmat qilib, jonkuyar va samimiy inson sifatida barchamizning qalbimizda mangu yashaydi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Zulfiya mukofoti sovrindori, estrada xonandasi Shirin Abdullayeva 19 yoshida vafot etgandi.
LiveBarchasi