O‘zbekiston chempionati va kubogida VAR tizimi joriy qilinishi mumkin

Sport

image

Joriy yilning 5 yanvar kuni O‘zbekiston Professional futbol ligasi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hakamlar va nazoratchilar bo‘limi bilan VAR tizimini O‘zbekiston chempionatida ishlatish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi.

Unda FIFA instruktori Farhod Abdullayev va OFK instruktori Vladislav Seytlinlar ham qatnashgan. Uchrashuvda VAR tizimi Superliga va kubok o‘yinlarida ishlatish, hakamlarni malakasini oshirish, kamera va tizimni ishga solishda kerak bo‘ladigan barcha masalalar muhokama qilingan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston futbolida VAR tizimi ilk bor o‘tgan yilning 20 dekabr kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston kubogining final uchrashuvida ishlatilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

21

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing