O‘zbekiston “Caspian Energy Forum Baku – 2019”da ishtirok etadi
Olam
−
07 Sentabr 2019
3704Kecha, 6 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Ozarbayjon Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Husayn Guliyev bilan uchrashdi.
Uchrashuvda joriy yilning 19 sentyabr kuni Ozarbayjon poytaxti Baku shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan “IX Caspian Energy Forum Baku – 2019”da O‘zbekiston delegatsiyasining ishtiroki bilan bog‘liq amaliy masalalar muhokama qilingan.
Forum “Asr shartnomasi” imzolanganining 25 yilligi va “Caspian Energy”ning 20 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilmoqda.
“Caspian Energy Forum Baku – 2019”da 50 mamlakatdan 1500 dan ortiq delegatlar ishtirok etadi. Ular orasida davlat idoralari, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, davlat xizmatlari rahbarlari, shuningdek, hukumat va transmilliy kompaniyalar, xalqaro moliyaviy institutlar, yetakchi ilmiy markazlar, investitsiya kompaniyalari va Kaspiy-Qora dengiz va Boltiqbo‘yi mintaqalarining reyting agentliklari vakillari bor.
“Caspian Energy Forum Baku – 2019” uch sessiyadan iborat bo‘ladi. Birinchi sessiya Ozarbayjonda neft-gaz sektori, sanoatni rivojlantirish va infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga bag‘ishlanadi. Ikkinchi sessiyada moliya sektorini rivojlantirish masalasi ko‘rib chiqiladi, unda Ozarbayjonga sarmoya kiritish imkoniyatlari batafsil yoritiladi, ikkinchi sessiyada kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga alohida e’tibor beriladi. Uchinchi sessiyada AKT loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish, agrosanoat majmuasini rivojlantirish va Ozarbayjonning sayyohlik salohiyati to‘g‘risida batafsil hisobot beriladi.
LiveBarchasi