O‘zbekiston Buyuk Britaniya bozoriga bojsiz kirish huquqiga ega bo‘ldi
Jamiyat
−
22 noyabr 2021
9073O‘zbekiston Buyuk Britaniyaning kengaytirilgan umumiy imtiyozlar tizimiga qo‘shilgan birinchi davlat bo‘ldi. Endi O‘zbekiston Buyuk Britaniyaga eksport qilayotgan tovarlarga import boji qo‘llanilmaydi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, endi Buyuk Britaniyaga olib kirilayotganda O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan 7800 dan ortiq turdagi tovarlarga import boji belgilanmaydi. Kengaytirilgan GSP sxemasi O‘zbekistonga 437 milliard funt sterling hajmga ega dunyoning beshinchi yirik iqtisodiyoti, dunyodagi eng internatsional iste’mol va chakana savdo bozoriga kirish imkonini beradi.
“O‘zbekistonga Buyuk Britaniya bilan savdoda benefitsiar mamlakat maqomi berilishi keng turdagi o‘zbek mahsulotlarining Britaniya bozoriga kirishini osonlashtiradi va ularning raqobatbardoshligini oshiradi”, deyiladi xabarda.
Ma’lum bo‘lishicha, tizim bo‘yicha o‘zbek tovarlariga imtiyozlar 2021 yil 1 noyabrdan boshlab qo‘llanilmoqda.
Xabarga ko‘ra, O‘zbekiston inson huquqlari, mehnat standartlari, atrof-muhitni muhofaza qilish va samarali boshqaruv sohasidagi 27 ta asosiy xalqaro konvensiyani muvaffaqiyatli ratifikatsiya qilgani benefitsiar maqomini berish uchun omillardan biri bo‘lgan.
LiveBarchasi