O‘zbekiston BRICS’ga hamkor davlat sifatida qo‘shildi
Olam
−
25 Oktabr
6053Kecha, 24 oktyabr kuni Rossiya raisligida Qozonda bo‘lib o‘tgan BRICS sammitida ittifoqqa 13 ta yangi davlatni hamkor davlatlar sifatida qo‘shdi. Ular qatorida O‘zbekiston ham bor. Bu haqda BRICS News xabar berdi.
Rasmiy ravishda to‘liq a’zo emas, hamkor davlatlar sifatida qo‘shilgan mamlakatlar quyidagilar:
- Jazoir
- Belarus
- Boliviya
- Kuba
- Indoneziya
- Qozog‘iston
- Malayziya
- Nigeriya
- Tailand
- Turkiya
- Uganda
- O‘zbekiston
- Vetnam
QALAMPIR.UZ’ning Tashqi ishlar vazirligidagi manbasi O‘zbekiston BRICS’ga hamkor davlat sifatida qo‘shilganini rad etmagan holda, hozirda bu masala bo‘yicha ishlar hali davom etayotganini bildirdi.
Qayd etish joizki, yuqorida BRICS’ga hamkor davlat sifatida qo‘shilgani aytilgan davlatlardan biri Qozog‘iston oldinroq assotsiatsiyaga qo‘shilish bo‘yicha takliflar olgani, biroq hozirda va, ehtimol, yaqin kelajakda a’zolik masalasini ko‘rib chiqishning ko‘p bosqichli jarayoni, shuningdek, ushbu assotsiatsiyaning rivojlanish istiqbollari bilan bog‘liq boshqa fikrlarni hisobga olgan holda Qozog‘iston BRICS’ga ariza berishdan bosh tortishi aytilgandi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 24 oktyabr kuni “BRICS plyus” sammitining yalpi majlisida nutq so‘zlagan Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston BRICS’da Rossiya Prezidenti Vladimir Putin tomonidan taklif etilayotgan Investitsiya platformasiga qo‘shilishga tayyor ekanini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr