O‘zbekiston bosh archasi qayerga o‘rnatilishi ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
10 dekabr 2021 38025 1 daqiqa
Joriy yilda O‘zbekistonning eng baland sanalgan bosh Yangi yil archasi “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida o‘rnatildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bayram tantanalarini nishonlash uchun tayyorgarlik ishlari allaqachon boshlab yuborilgan.
“Bayram tadbirlariga juda puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda. 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan mehmonlar va sayyohlar kayfiyatini ko‘tarish uchun har xil ko‘ngilochar dasturlar, savdo yarmarkalari tashkil etiladi.
Bog‘da, shuningdek, muz maydoni ham tashkil qilinadi. Unda xavfsizlik ta’minlanadi — kattalar ham, bolalar ham bemalol uchib, xursand bo‘lib ketishi mumkin”, deydi “Yangi O‘zbekiston” bog‘i ma’muriyati vakili Ilmira Sagdiyeva.
Ma’lumot uchun, 2021 yilgi “Yangi O‘zbekiston” bog‘i Toshkent viloyatining poytaxtga tutash qismida, Qibray tumanida joylashgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda bosh Yangi yil archasi ko‘p yillar davomida Mustaqillik maydonida o‘rnatib kelingan. Ammo so‘nggi yillarda asosiy archaning manzili bir necha marta o‘zgardi. O‘tgan yili esa eng baland archa Istiqlol ko‘chasiga (O‘zbekiston milliy kutubxonasi yaqinida) o‘rnatilgandi.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28