O‘zbekiston biznes olami uchun 5 yulduzli loyiha

Biznes

image

Toshkentning qoq markazida joylashgan va O‘zbekistonning birinchi A+ biznes park loyihasi bo‘lgan Trilliant, ishbilarmonlik dunyosiga yangiliklar olib keladi.

Toshkentning qoq markazida, Amir Temur, Shahrisabz va Alisher Navoiy shoh ko‘chalari chorrahasida joylashgan Trilliant o‘zbek ishbilarmonlik olamiga innovatsion yondashuv bilan kirish arafasida. Loyiha umumiy maydoni 125 ming kvadrat metr bo‘lgan 14 va 17 qavatli ikkita ofis minorasi, 17 qavatli mehmonxona, kongress-markaz, do‘konlar, restoranlar va kafelardan iborat. Trilliant betakror arxitekturasi bilan O‘zbekistonning xalqaro standartlarga mos birinchi A+ biznes parki bo‘lishga tayyorlanmoqda.

Dunyodagi eng yirik arxitektura kompaniyalaridan Singapurning “DP Architect” tomonidan loyihalashtirilgan Trilliant muvaffaqiyat, mehmondo‘stlik va barqarorlikdan ilhomlangan holda ishlab chiqildi. Toshkent biznes dunyosining kelajakdagi ehtiyojlarini hisobga olgan holda tayyorlangan ushbu loyiha xalqaro standartlardagi ofisning barcha talablarini inobatga olgan holda qurilmoqda.

Trilliant o‘zining texnik xususiyatlari, texnologik va innovatsion infratuzilmasi hamda tejamkor faoliyat yuritish xarajatlari bilan ajralib turadi.

O‘zbekistonning birinchi LEED Gold sertifikatiga nomzod

2022 yilining oxirgi choragida foydalanishga topshiriladigan Trilliant barqarorlik sohasida dunyoda qabul qilingan eng yuqori xalqaro akkreditatsiyalardan LEED Gold sertifikati talablarini inobatga olgan holda qurilmoqda. LEED Gold sertifikati uchun O‘zbekistondagi ilk nomzod loyiha bo‘lgan Trilliant kam uglerod chiqarishi, kam energiya iste’moli, barqaror landshafti, avtomobillarni zaryadlash stansiyalari, qayta ishlash tizimlari, chiqindilarni boshqarish tizimlari, ventilyatsiya tizimlari va eng muhimi, minimal xarajatlari bilan O‘zbekiston ish dunyosida kelajak loyihasi bo‘ladi.

Intercontinental mehmonhonasining O‘zbekistondagi manzili Trilliant

Dunyodagi eng yirik mehmonxona brendidan biri bo‘lgan Intercontinental Hotels Toshkentdagi yangi mehmonxonasi uchun Trilliant’ni tanladi. Hamkorlik evaziga xalqaro standartlarga mos O‘zbekistonning birinchi “A” klassdagi biznes-parki Trilliant ofis foydalanuvchilari, shahar mehmonlari va aholisiga Intercontinental tajribasi bilan xizmat ko‘rsatadi. Intercontinental guruhi tomonidan boshqariladigan mehmonxona eng yangi texnologiyalar bilan jihozlangan ijtimoiy maydonlar, majlislar zallari, sport va SPA markazi hamda kongress markazini o‘z ichiga oladi.

Trilliant yuqori darajadagi xavfsizlik tizimlari va noyob infratuzilmaga ega bo‘lgan eng ilg‘or texnologiyadan foydalangan holda qurilgan. Maxsus muhandislik texnikasi bilan bino xavfsizligini eng yuqori darajada ta’minlovchi loyihada 345 ta ofis, ko‘ngilochar, ovqatlanish joylari va boshqa ehtiyojlarni qarshilovchi 34 do‘kon barpo etilgan.

“DP Architects” tomonidan ishlab chiqilgan va ob’ektlarni boshqarish, xavfsizlik va rivojlantirish bo‘yicha TSP, Securitas va JLL kabi xalqaro maslahatchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan Trilliant 2022 yilining oxirgi choragida, dekabr oyida toshkentliklar uchun o‘z eshiklarini ochadi.

Murojat uchun:

Tel: +998 71 205 59 95

e-mail | Facebook | Instagram | Telegram

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

178

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing