O‘zbekiston bilan diplomatik aloqa o‘rnatgan davlatlar yana bittaga ko‘paydi

Jamiyat

image

Kecha, 2 may kuni O‘zbekiston va Jibuti o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida Qo‘shma kommyunike imzolandi. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi Axror Burxanov ma’lum qildi.

Ikki mamlakat hukumatlari nomidan hujjatni O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov va Jibuti Respublikasining BMTdagi doimiy vakili Mohamed Siad Doualeh imzoladi.

Ma’lumot uchun, Sharqiy Afrikada joylashgan ushbu mamlakat O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 149-davlat hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda O‘zbekiston G‘arbiy Afrikadagi Gambiya davlati bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Jibuti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing