O‘zbekiston bilan diplomatik aloqa o‘rnatgan davlatlar 141 taga yetdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Kecha, 13 iyun kuni Nyu-Yorkda O‘zbekiston bilan Antigua va Barbuda o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida Qo‘shma kommyunike imzolandi. Bu haqda “Dunyo” agentligi xabar bermoqda.

Hujjatni ikki davlat hukumati nomidan O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Baxtiyor Ibrohimov hamda Antigua va Barbudaning BMTdagi doimiy vakili Uolton Alfonso Vebson imzoladi.

Antigua va Barbuda O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 141-davlat bo‘ldi. U Karib dengizining g‘arbiy qismida joylashgan, Britaniya Hamdo‘stligi, shuningdek, Amerika Davlatlari Tashkilotiga a’zo.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 2022 yil 10 may kuni Sent-Vinsent va Grenadin orollari bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

150

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing