O‘zbekiston besh davlat bilan Afg‘oniston bo‘yicha muzokara o‘tkazdi

Jamiyat

image

Kecha, 5 sentyabr kuni Pokistonning tashabbusi bilan O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Pokiston, Eron va Xitoyning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakillari virtual shaklda muzokara o‘tkazdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Muzokara davomida, tomonlar afg‘on inqirozini tinch yo‘l bilan hal etish bo‘yicha mintaqaviy sa’y-harakatlarni birlashtirish, tez fursatlarda mamlakatda keng vakillik asosida inklyuziv hukumat tuzish, inson huquqlari, jumladan, ayollar va milliy ozchilik huquqlarini ta’minlash muhimligini ta’kidladi. 

Shuningdek, toliblar tomonidan Afg‘onistonda xalqaro terroristik tashkilotlar faoliyatiga hamda ushbu mamlakat hududidan qo‘shni davlatlarga har qanday tahdidlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarish muhimligiga e’tibor qaratildi.

Afg‘onistonga har tomonlama ko‘maklashish, xususan, pandemiya davrida insonparvarlik yordami ko‘rsatish va oziq-ovqat inqiroziga yo‘l qo‘ymaslik borasidagi chora-tadbirlar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

905

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing