O‘zbekiston banklari xorijliklar uchun hisob ochishda cheklovlar joriy qildi

Jamiyat

image

Kecha, 12 sentyabrdan boshlab O‘zbekistondagi bir qator tijorat banklari xorijliklar uchun hisob va bank kartalarini ochishda cheklovlar joriy qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

“O‘zbekiston Respublikasining norezident jismoniy shaxslari joriy yilning 12 sentyabridan boshlab bank hisobvaraqlarini faqat quyidagi hollarda ochishlari mumkin: O‘zbekiston Respublikasi hududida bank bilan bog‘lanish kunidan oldin uzluksiz 15 (o‘n besh) kalendar kundan ortiq bo‘lganida”, deyiladi O‘zbekiston “Kapitalbank” xabarida.

Bank matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bu chora-tadbirlar “bankdagi naqd pul oqimi va operatsiyalari shaffofligini ta’minlash maqsadida” amalga oshirilgan.

Bu qoida xorijlik talabalar va mamlakatda rasman ishlayotganlarga taalluqli emas, deyiladi xabarda. O‘zbekiston fuqarolari uchun bank hisobvaraqlari va omonatlarini ochish shartlari ham o‘zgarishsiz qolmoqda.

O‘zbekiston “Ipak yo‘li” bankining xabar berishicha, “2022 yil 12 sentyabrdan boshlab norezidentlar uchun hisobvaraqlar va plastik kartochkalar ochish faqat bank bosh ofisidagi operativ bo‘limda amalga oshiriladi. Bank ushbu o‘zgarishlar 12 sentyabrgacha ochilgan hisobvaraqlarga xizmat ko‘rsatishga ta’sir qilmasligini ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

156

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing