O‘zbekiston BAA bilan strategik sherik bo‘ldi

Jamiyat

−

image

Bugun, 15 yanvar kuni O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida Strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi deklaratsiya imzolandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Abu-Dabi shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari Prezidentlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida quyidagi hujjatlar imzolandi:

  • Strategik sheriklik o‘rnatish to‘g‘risida deklaratsiya;
  • Investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish to‘g‘risida hukumatlararo bitim;
  • Moliyaviy-texnik hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo bitim;
  • Standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
  • investitsiyalar, sanoat va ilg‘or texnologiyalar, adliya, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi, foydali qazilmalar sohalarida hamkorlik qilish to‘g‘risida idoralararo bitimlar;
  • Madaniyat sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma, Diplomatik akademiyalar o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim va boshqalar.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq  Abu-Dabi shahridagi "Qasr ash-Shati" qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad Ol Nahayon tor doirada hamda rasmiy delegatsiyalar a’zolari ishtirokida muzokara o‘tkazgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing