O‘zbekiston arzon benzin bo‘yicha dunyoda nechanchi o‘rinda?
Jamiyat
−
21 Oktabr 2023
18215O‘zbekiston dunyodagi eng arzon benzin bo‘yicha 21-o‘rinda turibdi. Bu haqda “Energyprom” xabar berdi.
Avvalroq “O‘zbekneftgaz” “zapravka”larida 9 ming 200 so‘m narx qo‘yilgan AI-92 markali benzin aksiya asosida 7 ming 500 so‘mdan sotilgani va 2 avgustda ushbu aksiya tugaganini ma’lum qilgan edi. Aksiyadan keyin esa AI-92 markali benzin 8600 so‘mdan sotila boshlandi.
Kuni kecha Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi o‘z munosabatida O‘zbekistondagi 2 mingdan ortiq yoqilg‘i quyish shoxobchalarining 99 foizi AI-80 markali benzin litrini 6800 so‘mdan sotayotgani haqida ma’lumot bergandi.
Shuningdek, O‘zbekistonda neft qazib olish ham qisqarib, o‘tgan yilning cyentyabriga nisbatan 4,2 ming tonna kam “qora oltin” qazib olingan. Bundan tashqari, dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarish ham o‘tgan yilning cyentyabriga nisbatan 51,1 ming tonnaga kamaygan.
Dunyodagi eng arzon benzin reytingida keltirilishicha, oktyabr holatiga ko‘ra, dunyodagi eng arzon benzinni Misrda sotib olish mumkin – litri 0,32 dollar. Keyingi o‘rinlarda Jazoir (0,32 dollar) va Quvayt (0,34 dollar) kabi davlatlar turibdi.
Qo‘shni Qozog‘iston esa benzinning arzonligi bo‘yicha beshinchi o‘rinni egalladi – bir litri 0,46 dollar. MDH davlatlari orasida eng arzon benzin Qozog‘istonga tegishli bo‘lib turibdi. Yettinchi o‘rindan esa Rossiya joy olgan – 0,53 dollar.
LiveBarchasi