O‘zbekiston amputantlar terma jamoasi bosh murabbiyi vafot etdi
Sport
−
04 dekabr 2019
3854O‘zbekiston amputantlar terma jamoasining 4 karra jahon chempioni unvoni sazovor bo‘lishiga hissa qo‘shgan bosh murabbiy Rustam Kariyev joriy yilning 2 dekabr kuni 68 yoshida vafot etdi.
Rustam Kariyev 1951 yil 15 yanvarda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. O‘rta maktabni tugatgach, harbiy sifatida faoliyat olib borgan va kapitan darajasigacha ko‘tarilgan.
1988 yilda esa Afg‘onistondagi janglarda jarohatlanib, nogiron bo‘lib qaytgan sobiq harbiylardan iborat “Matonat” nogiron-amputantlar jamoasini tuzadi. 1998 yilda jamoaning nomi “Baynalminal”ga o‘zgartirildi.
Shu vaqt davomida “Baynalmilal” jamoasi 11 karra Rossiya ochiq chempionati g‘olibi, ko‘p bora “Rojdestvo kubogi”, ikki karra MDH kubogi sohibiga aylangan. Bundan tashqari, asosini “Baynalminal” jamoasi a’zolari tashkil etgan O‘zbekiston terma jamoasi 4 karra jahon chempionati g‘olibligini qo‘lga kiritadi.
Rustam Kariyevning mamlakatda nogiron-amputantlar sportini rivojlantirish yo‘lidagi xizmatlari mamlakat tomonidan munosib rag‘batlantirilgan holda “Do‘stlik” ordeni va qator yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlangan.
LiveBarchasi