O‘zbekiston AQSHga 7 ta vertolyotni topshirdi

Jamiyat

image

Rasmiy Toshkent afg‘on harbiy uchuvchilari 2021 yilda “Tolibon” harakatidan qochish uchun O‘zbekistonga uchib kelgan yettita Black Hawk vertolyotini AQSHga topshirdi. Bu haqda amerikalik diplomatik manbalarga tayanib, “Amerika ovozi” xabar berdi.

Qobuldagi bugungi rasmiylar vertolyotlarni Afg‘onistonga qaytarishni talab qilgandi. AQSH Prezidenti Donald Tramp esa “Tolibon”ni Amerika qurollarini vatanlariga qaytarishga chaqirdi.

AQSH va O‘zbekiston Afg‘onistondan o‘tgan aviatexnikalar bo‘yicha kelishuvga erishdi. “Tolibon” esa bundan norozi north_east

AQSH va O‘zbekiston Afg‘onistondan o‘tgan aviatexnikalar bo‘yicha kelishuvga erishdi. “Tolibon” esa bundan norozi

“Biz bu yettita vertolyotni qaytarib berdik”, degan “France Presse” agentligiga AQSHning Toshkentdagi elchixonasidagi manba avvalroq “Amerika Ovozi” O‘zbek xizmati tomonidan e’lon qilingan xabarni tasdiqlagan holda.

Nashr Pentagon rasmiylariga iqtibos keltirgan holda, Vashington so‘nggi kunlarda “Tolibon” hujumidan qochgan afg‘on armiyasi uchuvchilari 2021 yilda O‘zbekistonga uchib kelgan vertolyotlarini qaytarib olganini ma’lum qilgan.

Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi (CSIS)ning sun’iy yo‘ldosh suratlariga tayanib ma’lum qilishicha, 2021 yilda “Tolibon” hujumi chog‘ida O‘zbekiston chegarasida 45 dan ortiq Afg‘oniston samolyoti kuzatilgan.

Ma’lumot uchun, 2001 yil 11 sentyabr xurujlaridan ko‘p o‘tmay “Tolibon” hukumatini ag‘darganidan beri Qo‘shma Shtatlar yigirma yil davomida afg‘on armiyasiga milliardlab dollar sarmoya kiritdi. 2021 yilda “Tolibon” Afg‘oniston ustidan nazoratni qaytarib olgach, Amerika qurol-yarog‘i va harbiy texnikasining katta qismi “Tolibon” qo‘liga o‘tdi


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston AQSh O'zbekiston Tolibon vertolyot Black Hawk

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing