O‘zbekiston AQSH kuchlarini joylashtirish taklifini olmagan – Mudofaa vazirligi
Jamiyat
−
14 Oktabr 2021
12480O‘zbekiston o‘z hududida AQSHning aksilterror bo‘linmalarini joylashtirish bo‘yicha taklif olmagan va bunday rejalar yo‘q. Bu haqda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati boshlig‘i Bahrom Zulfiqarov ma’lum qilgan.
“Mendagi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston o‘z hududida AQSHning aksilterror kuchlarini joylashtirish taklifini olmagan va bunday qadamlarni rejalashtirmagan, chunki bu Konstitutsiyada taqiqlangan va mamlakatimiz mudofaa doktrinasida ko‘zda tutilmagan”, degan Zulfiqarov.
OAVda Pentagon rasmiylari shu oyda O‘zbekistonda AQSHning aksilterror kuchlarini joylashtirish imkoniyatlarini muhokama qilishi to‘g‘risida xabar tarqalgandi.
LiveBarchasi