O‘zbekiston Afrikadagi yana bir davlat bilan diplomatik aloqa o‘rnatdi
Jamiyat
−
27 Sentabr
3281O‘zbekiston Janubiy Afrikaning Botsvana davlati bilan diplomatik aloqa o‘rnatdi. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Nyu-Yorkda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Botsvana TIV rahbari Lemogang Kvape qo‘shma kommyunikeni imzolagan.
“Botsvanani yillar davomida jadal iqtisodiy o‘sishga erishib kelayotganini yuksak baholaymiz. Ikki mamlakat davlat va xususiy sektor vakillari o‘rtasida faol hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldik”, deydi O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri.
Ma’lumot uchun, joriy haftada O‘zbekiston Kabo-Verde, Seyshel orollari va Brundi bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgandi. Botsvana bilan aloqalar o‘rnatilishi bilan O‘zbekiston diplomatik munosabatlar o‘rnatgan davlatlar soni 153 taga yetdi.
LiveBarchasi