O‘zbekiston Afg‘onistonga ming tonnadan ortiq insonparvarlik yordami yubordi
Jamiyat
−
14 Sentabr 2021
8783O‘zbekiston Afg‘onistonga 1300 tonna insonparvarlik yordam yubordi. Bu haqda “Tolibon”ning madaniyat bo‘yicha komissiyasi rahbari Ahmadulla Vosiq ma’lum qildi.
Yordam yukida muhtojlar uchun oziq-ovqat, dori-darmon va kiyim-kechaklar bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, gumanitar yordam terim yo‘l orqali yuborilgan. Uni "Tolibon" vakillariga Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov va O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Irgashev topshirgan. Yordam yukini harakat nomidan Zabihullo Mujohid qabul qilib olgan.
LiveBarchasi