O‘zbekiston Afg‘onistonga insonparvarlik yordami jo‘natdi

Jamiyat

image

O‘zbekistondan Afg‘onistonga navbatdagi insonparvarlik yordami jo‘natildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi xabar berdi.

Bugun, 22 dekabr kuni O‘zbekistonning Afg‘onistonga navbatdagi insonparvarlik yordami yuki ortilgan to‘qqizta maxsus yuk mashinasi Termiz orqali Xayraton shahriga jo‘natildi. 

Qayd etilishicha, Balx viloyati Xayraton shahridagi Astras kompaniyasi hududida ikki mamlakat rasmiylari ishtirokida insonparvarlik yordamini topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq O‘zbekiston Afg‘onistonga 58 tonna yukni o‘z ichiga olgan navbatdagi insonparvarlik yordamini yetkazib bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

186

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing