O‘zbekiston Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berishni 50 foizga kamaytirdi
Olam
−
23 noyabr 2023
7696Afg‘onistonning “Tolibon” nazorati ostidagi milliy elektr kompaniyasi (Da Afghanistan Breshna Sherkat) O‘zbekistondan elektr energiyasi yetkazib berish ikki baravarga qisqarganini ma’lum qildi. Bu haqda “Hasht-e Subh Daily” xabar berdi.
Unga ko‘ra, bugun, 23 noyabr kuni Qobul va boshqa 13 viloyat – Balx, Samangon, Bag‘lon, Parvon, Kapisa, Panjsher, Nangarhor, Lag‘mon, G‘azni, Maydon-Vardak, Logar, Paktiyo va Xostda kun davomida elektr energiyasi 50 foizga kamaygan.
DABS ma’lumotlariga ko‘ra, eksportning kamaygani O‘zbekistondagi energetika infratuzilmasini ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq.
“Ta’kidlash joizki, har yili qish kelishi bilan mamlakatimizning turli viloyatlarida elektr ta’minotidagi uzilishlar ko‘payadi. Biroq bugungi uzilish tezda normal holatga qaytishi kerak”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi