O‘zbekiston Afg‘onistonga 63 ta vagon insonparvarlik yordami yubordi
Jamiyat
−
23 dekabr 2021
6094Bugun, 23 dekabr kuni O‘zbekiston Afg‘onistonga navbatdagi yordam yukini jo‘natdi. Turli mahsulotlar ortilgan poyezd Surxondaryodan yo‘lga chiqdi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
“O‘zbekiston Respublikasining birodar afg‘on xalqiga 63 vagonda oziq-ovqat, kiyim-kechak hamda ko‘mir mahsulotlaridan iborat navbatdagi insonparvarlik yordami ortilgan ezgulik poyezdi Termiz shahridagi “Ayritom” chegara o‘tkazish punkti orqali Afg‘onistonning Mozori Sharif shahriga jo‘natildi”, deyiladi xabarda.
Shu munosabat bilan bugun Balx viloyati markazida ikki mamlakat rasmiylari ishtirokida insonparvarlik yordamini topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning sentyabr oyi o‘rtalarida ham O‘zbekiston Afg‘onistonga 1300 tonna yordam yuborgandi.
LiveBarchasi