O‘zbekiston Afg‘onistondan evakuatsiya qilinganlarga uchinchi aeroportini ochdi
Jamiyat
−
23 avgust 2021 27454 1 daqiqa
O‘zbekiston hukumati Qobuldan Buxoro aeroporti orqali evakuatsiya qilishga ruxsat berdi. Bu haqda “Interfaks” nashri bugun, 23 avgust kuni shahar ma’muriyatidagi manbasiga tayanib xabar bermoqda.
“Bugun Qobuldan evakuatsiya qilingan yo‘lovchilar reysi Buxorodan Budapeshtga jo‘natildi”, deydi nashr manbasi.
Qayd etilishicha, Vengriyaning Wizz Air aviakompaniyasi bortida Vengriya, Yevropa Ittifoqining bir qator davlatlari va Afg‘oniston fuqarolari bo‘lgan.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Afg‘onistondagi vaziyat keskinlashganidan so‘ng, Yevropa davlatlarining Qobulda amalga oshirayotgan evakuatsiya jarayonida tranzit vazifasini o‘tamoqda.
Xususan, Germaniya hukumati Toshkent-3 mahalliy aeroporti orqali vatandoshlarini, shuningdek, Yevropa Ittifoqi fuqarolari va afg‘onlarni evakuatsiya qilmoqda. Bundan tashqari, Polsha hukumati Navoiy aeroporti orqali evakuatsiya kanalini tashkil qilgan.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust