O‘zbekiston Afg‘onistondagi masjidda yuz bergan portlashga keskin munosabat bildirdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston kecha, 8 oktabr kuni Afg‘onistonning Qunduz shahrida juma namozi paytida ko‘plab qurbonlarni keltirib chiqargan terrorchilik harakatini keskin qoralaydi. Bu haqda Respublika Tashqi ishlar vazirligi bayonotida so‘z boradi

Qayd etilishicha, bunday zo‘ravon harakatlar Afg‘onistonda barqaror va uzoq muddatli tinchlik va milliy kelishuvni o‘rnatishga to‘sqinlik qiladi.

“O‘zbekiston hukumati ushbu g‘ayriinsoniy hujumda halok bo‘lganlar va jarohatlanganlarning oilalariga chuqur hamdardlik va ta’ziya izhor etadi”, deyiladi bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 8 oktyabr kuni Afg‘oniston shimolidagi Qunduz shahrida shialar masjidida portlash sodir bo‘ldi. Hudkush-terrorchi masjid ichida portlovchi moslamani faollashtirgan.

“Tolibon” portlash “Xuroson islom davlati” guruhi tomonidan uyushtirilgan, degan ayblovni ilgari surdi.

“Ariana News” telekanalining guvohlarga tayanib xabar berishicha, 50 kishining jasadi morgga olib borilgan. RIA Novosti nashriga ko‘ra, ushbu portlash oqibatida kamida 43 kishi halok bo‘lgan hamda 140 dan ortiq odam yaralangan.  


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

500

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing