O‘zbekiston Afg‘oniston masalasida chaqiriq bilan chiqdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston jahon hamjamiyatini Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish va mamlakatda gumanitar falokatning oldini olishga qaratilgan harakatlarini davom ettirishga chaqirdi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bugun, 14 sentyabr kuni Buyuk Britaniyaning Janubiy Osiyo va Hamdo‘stlik ishlari bo‘yicha davlat vaziri lord Tariq Ahmad bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

“Xalqaro hamjamiyat tomonidan Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikka erishish hamda bu mamlakatda gumanitar falokatning oldini olish bo‘yicha sa’y-harakatlarni davom ettirilishini muhim, deb hisoblaymiz”, deydi Komilov.

Qayd etish kerakki, O‘zbekiston Afg‘oniston bo‘yicha tutgan siyosatining amaliy isboti tariqasida bugun, 14 sentyabr ushbu mamlakatga 1 300 tonna insonparvarlik yordami yubordi. O‘z navbatida, “Tolibon” vakili Zabihulloh Mujohid buning uchun minnatdorlik bildirdi. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Afg‘onistonda muvaqqat hukumat tuzilishini olqishlab, u yerda millatlararo totuvlik o‘rnatilishiga umid bildirgandi. Komilovning aytishicha, Toshkent Qobul bilan do‘stona munosabatlarni saqlab qolish va Afg‘oniston ichki ishlariga aralashmaslik tarafdori.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1767

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing