O‘zbekiston aeroportlari samolyotlarga xizmat ko‘rsatish stavkalarini pasaytiradi

Jamiyat

LP-84063671

Xorijiy aviatashuvchilar uchun aeroportlarda xizmat ko‘rsatish tariflari pasaytirilmoqda. Bu haqda “Xalq so‘zi” nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, “Uzbekistan Airports” AJ xorijiy aviatashuvchi kopmaniya samolyotlariga O‘zbekiston Respublikasidagi aeroportlarda yer usti xizmatlarini ko‘rsatish tariflari kamaytiradi.

2020 yilning 1 mart sanasidan barcha mahalliy aeroportlarda uchib kelayotgan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish stavkasi bekor qilinadi. Xorijiy avikompaniyalarning yuk tashish reyslarida esa yukga ishlov berish tariflari pasaytiriladi.

Shuningdek, xorijiy aviakompaniyalarning biznes-klass yo‘lovchilariga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida Toshkent xalqaro aeroportining “Business Lounge”dagi xizmatlarining narxi ham pasaytirildi.

Ushbu choralar xalqaro aviatsiya xizmatlari bozorida respublika aeroportlarining raqobatbardoshligini oshirish, mamlakat aholisi talablarini qondirish va O‘zbekistonga kelayotgan xorijlik sayyohlar oqimini ko‘paytirishga qaratilgan.

Xorijiy aviakompaniyalarning respublika aeroportlarida parvozlarni amalga oshirish xarajatlarini pasaytirish O‘zbekiston aholisi va chet ellik sayyohlar uchun aviachiptalar narxini pasaytirishga yo‘naltirilgan. Bundan tashqari yuklarni tashish uchun tariflarning pasaytirilishi esa O‘zbekistonning eksport salohiyatni yanada rivojlantirishga yordam beradi.


Maqola muallifi

Teglar

aeroport aviatashuv

Baholaganlar

56

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing