O‘zbekiston ADTning doimiy kuzatuvchisi maqomini oldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Amerika davlatlari tashkilotining doimiy kuzatuvchisi mavomini oldi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Kecha, 2 iyul kuni O‘zbekiton Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Vashington shahrida Amerika davlatlari tashkiloti (ADT) Bosh kotibi Luis Almagro bilan uchrashgan.

Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston va ADT o‘rtasida turli sohalarda sheriklik aloqalarini o‘rnatishning dolzarb jihatlari muhokama qilingan. O‘zbekiston tashqi siyosat idorasi rahbari mamlakatga Tashkilot huzuridagi doimiy kuzatuvchi maqomini taqdim qilish masalasining ijobiy ko‘rib chiqilganligi uchun minnatdorlik bildirgan.

Tomonlar ikki va ko‘p tomonlama darajadagi muloqotni munosabatlarga tizimlilik xarakterini berish orqali  mustahkamlashdan manfaatdor ekanliklarini bildirdi.

ADT a’zo mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy va investitsion aloqalarni oshirish, O‘zbekistonda sanoatni modernizatsiya qilish va infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni birgalikda amalga oshirishga muhim e’tibor qaratilgan. Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, ta’lim, inson huquqlarini himoya qilish sohalarida faol hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda mintaqaviy va global xavfsizlikni ta’minlash, terrorizmga qarshi kurashish va korrupsiyani bartaraf etish masalalari bo‘yicha tajriba almashishning muhimligi qayd etilgan.

Amerika davlatlari tashkiloti – 1948-yilda Panamerika Ittifoqi (1889-yilda tuzilgan) negizida vujudga kelgan xalqaro tashkilot. Maqsadi – hamkorlikni mustahkamlash, a’zo mamlakatlar suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilish. Shimoliy va Janubiy Amerikaning 34 ta davlati tashkilotga a’zo hisoblanadi. ADT Amerika mamlakatlari o‘rtasida qator xalqaro kelishuvlar, jumladan, korrupsiyani bartaraf etish sohasida bitim imzolanishining tashabbuskori bo‘lgan. Tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash, xususan, uni terrorizmga qarshi kurashish, inson huquqlarini himoya qilish va mintaqa iqtisodiy taraqqiyotiga ko‘maklashi orqali mustahkamlashni ADT o‘zining asosiy vazifasi deb hisoblaydi. Tashkilot Bosh qarorgohi Vashington shahrida joylashgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

70

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing