O‘zbekiston adabiyoti og‘ir judolikka uchradi

3-sahifa

image

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir, yozuvchi va dramaturg Mengliboy Murodov olamdan o‘tdi. Bu haqda Yozuvchilar uyushmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Mengliboy Murodov 1942 yilning 15 mayida Navoiy viloyati Konimex tumanidagi Shodibek qishlog‘ida ziyoli oilasida tavallud topgan. U Buxoro davlat pedagogika institutida (1961–1966) tahsil olgan.

Mengliboy Murodovning “Mehr” nomli birinchi she’riy kitobi 1966 yilda nashr etilgan. Shundan so‘ng u “Xosiyatli kun” (2001), “Diydor” (2002), “Yuragimda borin aytdim” (2005) nomli she’riy to‘plamlar, “Gunoh” (2008), “Savob” (2011) nomli romanlar, “Mening bola qalbim” (2009) qissasi hamda “Ko‘ngildagi qo‘shiqlar” (2012), “Umidli dunyo” (2022) kitoblarini yozgan.

Javohir Qadamov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing