O‘zbekiston aholisining necha foizi “vodoprovod” suvidan foydalanadi?
Bu qiziq
−
12 yanvar 2023 5412 1 daqiqa
O‘zbekiston aholisining 74,4 foizi markazlashgan ichimlik (“vodoprovod”) suvi bilan ta’minlangan bo‘lib, chorak qismidan ko‘pi - 25,6 foizi haligacha bunday imkoniyatga ega emas. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda “O‘zsuvta’minot” AJ Axborot xizmati rahbari Akmal Murodov ma’lum qildi.
Shuningdek, 2022 yilda oqava suv xizmatlaridagi qamrov darajasi 17,2 foizdan 18,9 foizga yetkazilgan hamda iste’molchilar ba’zasi 4 million 150 mingdan 4 million 400 mingga oshgan.
Bundan tashqari, suv hisoblagichi mavjud iste’molchilar soni 2 million 427 mingdan 2 million 830 mingga oshgan.
Nurmuhammad Fayzullayev
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025