O‘zbekiston aholisini ro‘yxatga olish kechiktirildi
Jamiyat
−
01 noyabr 2023
46861 noyabrdan boshlanishi kerak bo‘lgan O‘zbekiston aholisini ro‘yxatga olish ishlari moliyaviy masalalar ko‘rib chiqilayotgani sabab kechiktirilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi ma’lum qildi.
Gap shundaki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida 2022-yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, respublikamizda aholini ro‘yxatga olish tadbirini 2022 yilda o‘tkazish belgilangandi. Ammo 2020 yilda boshlangan koronavirus pandemiyasi sababli ushbu tadbirni o‘tkazish 2023 yilga ko‘chirilgan va ushbu tadbir 1–25 noyabr orasida o‘tkazilishi belgilangan.
Bildirilishicha, ushbu jarayonga tayyorgarlik doirasida barcha normativ-huquqiy va uslubiy hujjatlar hamda ro‘yxatga olish savolnomalarining shakllari ishlab chiqilgan. Shuningdek, aholini ro‘yxatga olishning maxsus veb-sayti (aholi.stat.uz) joriy qilingan.
Ammo agentlik ushbu jarayonda hali ham moliyaviy o‘rganish ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi.
“Ushbu tadbirni o‘tkazish bilan bog‘liq moliyaviy xarajatlar o‘rganib chiqilayotganligini inobatga olib, yakuniy qaror qabul qilingandan so‘ng agentlik tomonidan qo‘shimcha axborot berilishini ma’lum qilamiz”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, avvalroq, 2021 yil 1-25 noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkazilgan.
LiveBarchasi