O‘zbekiston aholisida qancha mashina bor?

Texnologiya

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistonda har 1000 nafar doimiy aholiga o‘rtacha 87 dona yengil avtomobil to‘g‘ri kelmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Statqo‘mga ko‘ra, 2022 yilning 1 yanvar holatiga respublikada jismoniy shaxslarga tegishli jami yengil avtomobillar soni 3 051 734 tani tashkil etgan. 

Jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtomobillar soni o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 284 608 taga oshgan. 

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 2022 yilning yanvar oyida14 046 ta yengil avtomobil ishlab chiqarilgan. Shuningdek, 12 ta xorijiy davlatdan qiymati 65,7 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 3 037 ta yengil avtomobil import qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

686

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing